OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA TAMOYILI ASOSIDAGI YIG‘ILISH

Tumanimizning Totkent mahallasida O‘zbekiston Respublikasi IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash xususida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yigilish tuman hokimi, viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi vakillari va tumandagi tegishli tashkilotlar masʼullari, ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi qo‘shma qarordan ko‘zlangan maqsad, ijrosini taʼminlash, hamda yuklatilgan vaziflarni masʼuliyatsizlik bilan yondoshilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tumanda mavjud mahallalar xodimlari va tegishli tashkilotlar vakillari bilan ushbu Qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM