YOSHLAR ISTIROHAT BOG‘IDA DAVRA SUHBATI

Tumanimizda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan milliy urf-odatlarimizni qadrlash, yoshlarimizning ommaviy madaniyatga berilib ketishini oldini olish kabi yana bir qator mavzular yuzasidan davra suhbati tashkil qilinmoqda.

Bu gal Oqtosh shahridagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda nuroniy otaxonu-onaxonlar hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda, yoshlarga baxtli yashash sirlarini bayon qildilar.

Shuningdek, oilalardagi mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha takliflar aytib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida, mahallalardagi faol bolgan onaxonlarga tashakkurnomalar topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM