PROFILAKTIK SUHBAT

Tuman Ichki ishlar bo‘limiga Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida, uni tanasiga yengil tan jarohati yetkazganligi aytadi.

Mirbozor-Oqtosh yo‘lida Oqtosh shahrida yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan GAZ-52 rusumli avtomashinasi bilan qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotgan vaqtida boshqa bir avtomashina bilan to‘qnashib ketadi. Natijada, yo‘lovchi tan jarohati oladi.

Farovon mahallasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu holatlar muhokama etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, ichki ishlar vakili ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish xususida so‘z yuritildi.

So‘ng yuqorida qayd etilgan holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM