TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YANA YANGI ZAMONAVIY TIBBIY JIHOZ KELTIRILDI

Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tashabbusi bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan laparoskop operatsiya apparati olib kelindi.

Ushbu apparat maloinvaziv operatsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida, xoletsistektomiya, appendektomiya va yana bir qancha jarrohlik muolajalarini o‘tkazishda samarali ko‘mak beradi.

Uning afzalliklari shundaki, bemorda operatsiyadan keyingi kosmetik chandiq qolmaydi, bemorning shifoxonada yotish muddati qisqaradi va operatsiyadan keyingi yoqimsiz asoratlar ham sezilarli darajada kamayadi.

Bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama qulay va zamonaviy tibbiy jihoz endi tibbiy jarrohlik muolajasiga muhtoj bemorlar uchun tumanimizda xizmat ko‘rsatib, ularning dardlariga shifo topishda beminnat xizmat qiladi degan umiddamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM