QAROR IJROSI AMALDA

Tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan "Samarqand suv taʼminoti" MCHJ tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, "Xalq bank" Narpay tuman filiali, «Agrobank» tuman filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM