QURILISH OBYEKTLARI O‘RGANILDI

Tumanimiz bo‘ylab hududlardagi taʼlim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar jadal suratda davom etmoqda.

Xususan, 13-18-54-umumtaʼlim maktablariga qo‘shimcha bino qurish hamda 41-48-maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini qayta taʼmirlash bo‘yicha qurilish ishlari olib borilyapti.

Tuman prokurori Investitsiya dasturi doirasida qurilish maydonlarida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, qurilish pudrat korxonalari rahbarlariga o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek, qurilish ishlari ortda qolayotgan quruvchi tashkilot masʼullariga loyihalarni o‘z vaqtida, sifatli holatda topshirishini taʼkidladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM