OLTI O’G’IL MFYDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI JADAL XATLOV QILINMOQDA

Olti o‘g‘il mahallasi tumanimiz g‘arbiy qismining eng chekka hududlaridan biri bo‘lib, 3465 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Qo‘shni tuman bilan chegaradosh mahalla.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, ushbu mahalla tumanning jinoyatchilik eng kam sodir etiladigan mahallalaridan sanaladi. Shunday bo‘lsada, boshqa mahallalar singari bu yerda ham ijtimoiy himoya muhtoj fuqarolar yo‘q emas. Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig‘iga asosan Respublika ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mahallalarda aholini xatlov qilish ishlari boshlab yuborilgan.

Tuman hokimi bugun Olti o‘g‘il mahallasidagi xatlov jarayonlarini ko‘zdan kechirish va bevosita amalga oshirish ishlariga guvoh bo‘lish maqsadida mahalla ahli bilan uchrashdi. Shuningdek, mahalla beshligi, patronaj hamshiralar va tegishli masʼullarga xatlov ishlarini qisqa muddatda hamda sifatli bajarish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM