ETNO FESTIVALDA YANA BIR TUMANDOSHIMIZ FAXRLI O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

Avval xabar qilganimizdek Qirg‘iziston davlatida “ETNO festival” doirasida yoshlar o‘rtasida "Milliy cholg‘ular" tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda tumandoshlarimiz yurtimiz shaʼnini himoya qilgani ham sir emas.

Nafaqat ishtirok etishganini, balki bir nafari GRAN PRI sohibasiga aylanib ulgurganini ham aytib o‘tgandik.

Ishtirokchilar orasidagi yana bir tumandoshimiz Muhammadali Beknazarov tanlovning estrada xonandaligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan 9 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM