OYBEK QISHLOG‘IGA HAM KELING

Tumandagi Oybek qishlog‘i tumanning eng chekka va eʼtibordan chetda qolgan hududlardan biri hisoblanadi. Bu qishloqda na do‘kon, na sartaroshxona, na go‘zallik saloni bor. Qolaversa, yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi kabi sohalarda muammolar bisyor.

Boshqa mahallalarda olib borayotgan obodonlashtirish ishlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib, juda quvonaman va bizning qishlog‘imizga ham eʼtibor qaratishlarini xohlayman.

Bir necha bor sektor rahbariga murojaat qildik. Har gal masʼullarga topshiriqlar beriladi. Lekin hech qanday ijro bo‘lmaydi.

Hurmatli masʼullar, Oybekka ham eʼtibor qaratinglar!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM