NOQONUNIY BINO QURMANG!

Tumanimizda tadbirkorlik subyektlarining rivojlanayotgani, bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlarining qad rostlayotgani tahsinga sazovordir.

Biroq, shu bilan birga hududlarda belgilangan tartibda qurilmayotgan obyektlar va yengil konstruksiyali do‘konlarning ko‘zga tashlanayotgani ham sir emas.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari hamda masʼullar ishtirokida M-37 Xalqaro yo‘li bo‘ylab K-savdo elektron platformasi orqali yer olib, qurilish ishlarini boshlagan tadbirkorlar obyektlarini o‘rgandi.

Shuningdek, ularning va boshqa yo‘l ustida qurilayotgan xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilish ishlari barcha talab va meʼyorlarga javob bera olishini ko‘zdan kechirdi.

Qurilish ishlarida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu kabi, qonuniy tartibda bunyodkorlik ishlarini boshlagan fuqarolar qo‘llab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM