SAXOVAT – ENG ULUG‘VOR QADRIYAT

Juma kuni hafta kunlari ichida yeng fazilatlisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi albatta. Bu kunning fazilati ila barchamiz bir-birimizga mehr-oqibatliroq bo‘lishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi bizningcha.

Tuman hokimi bu gal o‘rinbosari hamda Nuroniylar jamiyati Kengashi raisi hamrohligida dastlab, Nog‘oraxona mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bor Sohiba Quvonova holidan xabar oldi.

Shundan so‘ng, No‘g‘ay mahallasida yashab kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro xonadoniga ham tashrif buyurib, uning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bir martalik moddiy yordam mablag‘lari berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM