MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Narpay tumani “Mang‘it” mahallasidan murojaat yo‘llangan bo‘lib, unda mahallaning yo‘llari bir necha yildan beri taʼmirlanmagani, ichimlik suvi, gaz va elektr toki mahallada muammo ekanligidan shikoyat qilingan.

Tumandagi Sarbozor va Mang‘it mahallasi 2023 yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi taklif berilgan bo‘lib, ushbu taklif Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 2022 yil 19 iyundagi VI-67-149-7-0-R/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Ushbu dastur amalga oshirilganda Mang‘it mahallasiga internet tarmog‘i, qo‘shimcha gaz ballonga ehtiyoji bor aholiga gaz ballonlari beriladi, yo‘llariga asfalt qoplamalari yotqizilib, ko‘chalariga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, Transformator va beton simyog‘ochlar o‘rnatilib, havo kabellari tortiladi hamda har bir xonadonga suv hisoblagich o‘rnatilib, yangi ichimlik suv tarmog‘i tortiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM