MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI OBOD(MI)?

O‘tgan hafta yakuni bilan Vazirlar Mahkamasining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan selektor yig‘ilishiga asosan joylarda obodonlashtirishni jadallashtirish bo‘yicha bir qator ishlar boshlandi.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va mutasaddi tashkilotlar masʼullari bilan birgalikda joylarda mahalla beshligi va faollar tomonidan mahallaning nafaqat asosiy balki ichki ko‘chalarida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘rkamlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Xususan, birinchi sektor hududidagi 8 ta mahallalarda aholi xonadonlarini tartibga keltirish, yo‘l yoqalarini tozalash, peshtoqidagi shior va yozuvlarni yangilash, ichki ko‘chalarida ham aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha umuman bir so‘z bilan aytganda hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma, topshiriq va muddat berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM