RAVON YO‘LLAR OBOD MANZILLAR

Tumanimizda mahallalar obodonchiligi va ichki yo‘llarning ravon bo‘lishi borasida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ko‘pgina mahallalarning bir qator ko‘chalari asfaltlanib, aholi va transportlar harakati uchun qulay ko‘rinishga keltirildi.

Ayni paytda, “Amirbek stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan O‘zbekiston mahallasi ichki yo‘lining 1 kilometr 500 metrga teng qismiga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilyapti.

Ushbu yo‘lni taʼmirlashga 877 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM