RAVON YO‘LLAR EL MANFAATI UCHUN

Tumanimizning barcha mahallarida tashabbusli byudjet yoki maxsus dastur asosida ichki yo‘llar taʼmirlanib bormoqda. Bunda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining va pudratchi tadbirkorlarning xizmati yuqori.

“Quruvchi Bunyodkor Dizayn Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari ham ayni paytda, Dedan mahallasi ichki yo‘lida asfaltlashtirish ishlarini olib borishmoqda.

Tashabbusli byudjet asosida ushbu mahalla ichki yo‘lining 3 kilometrdan ortiqroq qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.

Shuningdek, asfaltlash ishlari uchun 1 milliard 72 million so‘m pul mablag‘lari ajratilgan.

Yaqin kunlarda ushbu yo‘llar taʼmiri to‘liq yakunlanib aholi foydalanishi uchun topshirish ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM