MENTAL ARIFMETIKASI BO‘YICHA MUSOBAQA

Tumanimiz bo‘ylab yozgi taʼtil davomida maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli soha va yo‘nalishdagi o‘quv to‘garaklari tashkil qilingan.

Tuman xizmat ko‘rsatish Texnikumida 1-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Mental Arifmetika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tadbirga qo‘shni tumanlarning yosh avlod vakillari ham ishtirok etish maqsadida tashrif buyurishdi.

Musobaqa qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Bolajonlar ham ularning ota-onalar ham bu kabi tadbirlarning tashkil qilinayotganidan mamnun.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM