TIBBIY-BRIGADALAR FAOLIYATI BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Tuman tibbiyot birlashmasida, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mahalla tibbiy brigadalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda, viloyat bo‘yicha tashkil qilingan tibbiy brigadalar ichida eng yuqori natijani bizning tumanimiz vakillari ko‘rsatgani sababli, boshqa tumanlarda shu sohada faoliyat olib borayotgan masʼullar “Narpay tajribasi” ni o‘rganishi hamda bir-birlari bilan tajriba almashishlari maqsad qilingan.

Tadbir qizg‘in savol-javoblarga va mavzuga doir muhokamalarga boy tarzda o‘tib, barcha ishtirokchilarning bu sohadagi bilimlarini yana-da mustahkamlab olishlariga turtki bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM