YОSHLAR - KELAJAGIMIZ EGALARI

Kuni kecha davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatida o‘tkazgan kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash masalasida alohida to‘xtalib, bir qator topshiriqlar berib o‘tdi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun Narpay tumanidagi Umid mahallasida navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Qabulda mahallaning uyushmagan yoshlari, shuningdek yoshlar bilan individual ishlash asosida rahbarlarga biriktirilgan jami 52 ta yoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida o‘zlarini qiynab kelayotgan kadastr, bandlik, ta'lim kabi bir qancha munosabatlar bildirildi. Murojaatlar ijrosi bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga odob-axloq qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM