MEHR – MURUVVAT INSONIYLIKNING ENG GO‘ZAL NAMOYONDASIDIR

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mehr daftari" tizimi joriy etilgan.

Tumanimizda ham ushbu daftarga kiritilgan yoshlarni muammolarini hal etish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanda mavjud bu kabi bolalarning 27 nafariga, har birining ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli texnikalar taqdim etildi.

Tuman hokimi, tegishli tashkilot masʼullari hamrohligida tumanimizning 2-son kasb-hunar maktabida sovg‘alarni o‘z egalariga topshirdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM