TARIXIY YODGORLIK O‘RGANILMOQDA

O‘rta asrlar yozma manbalarida Rabinjon Xurosonga boradigan katta yo‘l ustida joylashgan Markaziy Sug‘dning yirik shaharlaridan biri bo‘lib, aholisi ko‘p bo‘lganligi, ular dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik hamda savdo-sotiq bilan shug‘ullangani qayd etilgan.

Shuningdek, Rabinjon shahri gilamlari bilan ham mashhur bo‘lib, bu ko‘hna kent, Dobusiyadan 5 farsax (1 farsax 6-8 km), Samarqanddan esa 12 farsax masofada joylashgan.

Ushbu ko‘hna kent o‘rni tumanimizning Toshko‘prik mahallasida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 100 gektarni tashkil qiladi.

Bu yer, qadim sharq shaharlariga xos bo‘lgan ark, shahriston va rabod qismlaridan iborat.

Joriy yilning iyul oyidan boshlab Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining arxeologlari tomonidan yodgorlikning shahriston va rabod qismlarida qazishma ishlari olib borilyapti. Izlanishlar davomida, XI-XII asrlarga oid bo‘lgan xumdon hamda turar joy o‘rni ochildi. Hozirda, tadqiqotlar davom etmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM