MAQSAD - MALAKALI TIBBIY XIZMAT SIFATINI YANADA KO‘TARISH

Yurtimizda, tibbiyot sohasini yana-da rivojlantirish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida, bir qator ishlar olib borilyapti.

Tuman tibbiyot birlashmasi bir vaqtning o‘zida 356 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 25 mingdan ortiq bemor o‘z dardiga shifo topadi.

Tuman hokimi, tegishli o‘rinbosari va masʼullar hamrohligida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatini o‘rgandi.

Shuningdek, tibbiyot maskaniga keltirilgan zamonaviy rentgen hamda laparoskop uskunalari bilan tanishib, ularning bemorlar va shifokorlar uchun mavjud qulayliklari xususida qiziqdi.

Ushbu tibbiy jihozlar tumanimizga ilk bor keltirilgan bo‘lib, bir qancha qulayliklarga ega.

Bundan tashqari, binolarda xodimlar va bemorlarga yaratilgan qulayliklar hamda shart sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shu qatorda, oshxonada mavjud bo‘lgan va yana bir qancha kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlarni berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM