SEKTORLAR FAOLIYATI BO‘YICHA SEMINAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4102-sonli qarori asosida, viloyat hokimligi tomonidan, viloyat hududidagi tuman, shahar sektorlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan o‘tkaziladigan seminar reja grafigi tasdiqlangan.

Shunga asosan, viloyatda birinchi bo‘lib, Narpay tumanda mavjud sektorlarning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda, tuman hokimi, viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi, Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Samarqand viloyati filiali mutaxassisi, tuman sektor rahbarlari va aʼzolari ishtirok etishdi.

Seminar davomida, viloyatdan tashrif buyurgan mutaxassislar, tumanimizning tegishli masʼullariga ish faoliyatiga doir bo‘lgan, zarur tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tishdi.

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan berilgan savollariga to‘liq javob olishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM