MAYDONDAN TASHQARIDA HAM BIRLASHAOLGAN SPORTCHILAR

Tuman bo‘yicha o‘tkazilgan Tashabbusli byudjet jarayoni yakuniga ko‘ra, tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiylari birlashib, bir jamoa ekanligini namoyon etaoldi. Ular jami 560 million so‘mga yaqin sport anjomlarini yutib olgan edi.

Bular, kurash gilamlari, tatami maydonlari, qo‘lqoplar, to‘plar, sport velosipedlari va kiyimlari kabi yana bir qancha zarur va qimmatbaho 20 ga yaqin turdagi sport anjomlaridan iboratdir.

Tuman hokimi sport maktabi binosida, sportchilar bilan uchrashuv jarayonida ushbu olingan jihozlarni murabbiylarga topshirish jarayonida ham bir yo‘la ishtirok etdi.

O‘ylaymizki, ushbu jihozlar yangi chempionlar yetishib chiqishida o‘z hissasini qo‘shadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM