RAVON YO‘LLAR YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA XIZMAT QILADI

Tumanimizning birinchi sektori hududida joylashgan Qozikent mahallasida, boshqa mahallalarda bo‘layotgani singari obodonlashtirish va yo‘llarini ravon qilish borasida bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.

Xususan, ayni paytda, ushbu mahalla hududidagi ichki yo‘llarning uch kilometrdan ortiqroq qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.

Tashbbusli budjet asosida MIRAQAS masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan bu yo‘lning taʼmiri loyihasiga qariyb bir milliard yetmish ikki million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM