IJRO NAZORATIGA MASʼUL XODIMLARNING RESPUBLIKA MIQYOSIDA O‘TKAZILGAN SEMINARI

Toshkent shahrida mahalliy hokimliklarning ijro nazoratiga masʼul xodimlari ishtirokida respublika seminari o‘tkazildi. Seminarda tumanimiz hokimligi masʼul xodimi ham ishtirok etdi.

Tadbirda korxona va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash, Prezident farmoni hamda qarorlari, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini nazorat qilish, ijro.gov.uz tizimi bilan ishlash bo‘yicha tajriba almashildi.

Edo.ijro.uz tizimining afzalliklari haqida tushunchalar berildi. Tadbir ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasi, Adliya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyati bilan tanishishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM