TAʼLIMGA EʼTIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR

Bugun “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior ostida maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.

Hokimlik majlislar zalida tuman hokimi, tumanda mavjud maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli masʼullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisda fidoiyligi natijasida jamoasi  bilan ko’plab yutuq va natijalarga erishib kelayotgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari eʼtirof etildi.

Yig‘ilishda umumtaʼlim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, bitiruvchilarni oliy taʼlimga qamrovini ko‘tarish, kadrlar salohiyatini oshirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolajonlarni sog‘lom ovqatlanishi, sifatli tarbiya olishi bo‘yicha xisobotlar tinglandi.

Shuningdek, ayrim rahbarlar masʼuliyatsizligi, hujjatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar, xodimlarni tartib-intizomi kabi yana bir qator kamchiliklar aytib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM