"SAMARQAND SILK AO" MCHJ FAOLIYATINI KENGAYTIRMOQDA

Tumanimizda “Samarqand Silk AO” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan atlas, adras va shu kabi bir necha turdagi matolar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘ydi.

Oliy navli ipak tolasidan tayyorlanayotgan ushbu sifatli matolar ichki va tashqi bozorda o‘z xaridorlarini topib ulgurdi.

Hozirda, 20 nafar fuqaroning bandligini taʼminlab turgan ushbu korxona rahbari, kelgusida yangi ish o‘rinlari yaratib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda milliyligimizni mujassamlashtirgan ushbu mahsulotlarni dunyo bo‘ylab eksport qilish niyatida.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM