BIZDAN OBOD MANZILLAR QOLSIN

Vazirlar Mahkamasining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan selektor yig‘ilishiga asosan nafaqat tumanimiz markazida, balki, chekka-chekka mahallalarda ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari tashkil qilinyapti.

Masalan, tumanimizning sharqiy qismidagi Qozikent mahallasi fuqarolari bir yoqadan bosh chiqarib, asfalt chetlarini beton qilayotgan bo‘lsa, g‘arbiy hududdagi Tepaqo‘rg‘on mahallasida, qariyb bir kilometr piyodalar yo‘lakchasi hashar yo‘li bilan qurilmoqda.

Bu shunchaki qisqacha lavha va maʼlumotlar. Bu kabi ishlar ayni paytda tumanimizning ko‘pgina mahallalarida davom etmoqda. Shu o‘rinda, ushbu ezgu harakatlar yo‘lida jon kuydirib, ter to‘kayotgan barcha Narpayliklarga minnatdorchilik bildiramiz.

Mahallamiz, ko‘chalarimiz va uyimizni obodonlashtirish barchamizning burchimizdir. Shunday ekan, farovon hayot uchun hammamiz qo‘limizdan kelganicha o‘z mahallamizni obod qilaylik.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM