BIR MAHALLADA IKKI TADBIR

Yangiobod mahallasida bir vaqtning o‘zida ikki tadbir uyushtirildi.

Dastlab, "Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli" mavzusida tashkillashtirilgan maʼnaviy tadbirda erta turmush, erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qizlar tarbiyasi to‘g‘risida suhbat olib borildi.

So‘ng atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari yuzasidan   "Kitobxon beka" tanlovi o‘tkazildi. Bunda kitobxon xotin-qizlar o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM