MAHALLA DARAJASIDAGI SOLIQ TIZIMI O‘RGANILMOQDA

Tepa mahallasida 737 ta xonadonda 953 ta oila istiqomat qiladi. Shu kabi, 31 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadi.

Bugun tuman hokimi, tegishli o‘rinbosari, DSI boshlig‘i hamda masʼullar hamrohida ushbu mahallada bo‘ldi.

Ayni paytda masʼullardan tarkib topgan ishchi guruh yaqinda viloyat masʼullari tomonidan Urgut tumanida boshlangan tajriba asosida ushbu mahallada ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish, ularning daromadini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini boshlandi. Shu qatorda xatlov jarayonlari bo‘lib o‘tyapti.

Bundan tashqari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarning muammolari tizimli o‘rganilib, masʼullarga topshiriqlar berilyapti.

Shu bilan birga aholi tomorqasidan unumli foydalanish, xonadon va ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Muqimiy mahallasi etib belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM