KITOB ENG YAXSHI DO‘ST

Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish va ularda kitobga nisbatan mehr uyg‘otish maqsadida  Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi, hamda Axborot kutubxona markazi hamkorligida “Kitob bayrami” maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.

Tumanimizdagi 13-son musiqa va sanʼat maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda, tuman hokimi tegishli masʼullari bilan birgalikda ishtirok etib, yosh avlod vakillariga kitob o‘qishning afzalliklari va bu orqali erishish mumkin bo‘lgan yutuqlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Bayram doirasida, turli xil kitoblar ko‘rgazmasi hamda Jadidlar kitoblari to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda tumanimizning Do‘stlik mahallasida yashovchi “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi Iroda Safoyeva ham o‘zining kitob o‘qish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir qatnashchilari o‘rtasida qiziqarli viktorinalar tashkil etildi hamda g‘olib bo‘lganlarga Jadidlar kitobi to‘plamlari taqdim etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM