NARPAYLIK MEHNAT FAXRIYLARI TAQDIRLANDI

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining qarori bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash va farzand taʼlim-tarbiyasiga bag‘ishlangan, jamiyatimizda hurmat qozongan faxriylarning biri guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jumladan, Narpaylik Bozor bobo Hasanov I, Baxrom bobo Norqulov III darajali “Mehnat faxriysi” mukofotga loyiq deb topildi.

Bugun viloyat hokimi E.Turdimov mukoflangan faxriylarni tabriklab, yurtimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM