ELDA HASHAR – RAVON YO‘LLAR

Hozirda, tumanimizda, mahallalar obod bo‘lishi hamda yo‘llarning ravon bo‘lishi borasida bir qator ishlar olib borilyapti. Qilinayotgan o‘zgarishlarga tumanimiz ahli ham befarq bo‘lmasdan o‘z hissalarini qo‘shish harakatida.

Bir qancha mahallalardagi fuqarolar birlashib bu ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shib borishmoqda.

Ayni paytda, Do‘stlik va Navro‘z mahallalarining ichki yo‘llarida ham hashar orqali shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Endilikda aholining yo‘llarda harakatlanishi qulayroq bo‘ladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM