HAR BIR FUQARO UCHUN QAYG‘URAMIZ

Tuman Ichki Ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda, viloyatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Hamkor” profilaktik tadbiri yuzasidan nazoratdagi shaxslar uchun "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil qilishdi.

Yarmarka qatnashchilarining 4 nafari kasb-hunarga o‘qitish mono markazlariga o‘qishga joylashtirildi, 3 nafari esa, o‘ziga maʼqul kelgan ish bilan taʼminlandi.

Shuningdek, 2 nafar fuqarolarni ham bandligini taʼminlash maqsadida, "ish izlayotgan shaxs " lar bazasiga kiritishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM