PROFILAKTIK SUHBAT

Dedan mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, hech bir sababsiz, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidagi 4 million so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘qolib qolganligini bildirgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dedan mahallasi fuqarolari o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida tuman hokimi yuqoridagi ushbu jinoyat ishi va boshqa oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar yuzasidan muhokama o‘tkazib, bu kabi holatlarning oldini olish, yaʼni bank plastik karta raqamini begona shaxsga oshkor etmaslik borasida so‘z yuritdi.

Mahalla faollari ham o‘z navbatida firibgarlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM