FUQAROLAR VA YOSHLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL

Tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli masʼullar hamrohligida fuqarolar va yoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Tumanimizdagi Yangiobod mahallasi fuqarolari va yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda aholi tomonidan bandlikka ko‘maklashish, sog‘ligini tiklash uchun yordam, aliment pullarini undirish hamda bir martalik moddiy yordam olish kabi 20 ga yaqin masalalar o‘rtaga tashlandi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar masʼullariga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM