OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA O‘NINCHI TEXNIKA TOPSHIRILDI

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga nazar solsak, markaz va guzarlar, ko‘chalarimiz pokizaligi, ozodalik uchun yelib-yugurayotgan jonkuyar xodimlarni ko‘ramiz.

Bunday xodimlarga sharoit yaratib berish esa, maqsadga muvofiq. Shunga ko‘ra, yaqinda ularga zamonaviy taʼmirlangan bino foydalanish uchun topshirildi.

Maxsus texnikalar esa ularning qo‘l mehnatlarini yana-da yengillashtiradi.

Oxirgi ikki yilda 10 dan ortiq zamonaviy texnikalar-(1 ta motosikl, 1 ta damas, 1 ta ISUZI (vodovoz), 1 ta avtobus, 2 ta ekskavator, 3 ta traktor, 3 ta tirkama (pritsep) hamda 2 ta samosvallar topshirilgan.

Bugun obodonlashtirish boshqarmasiga 1,1 milliard so‘m mablag‘ evaziga navbatdagi yangi texnika – zamonaviy “Teleskopik gidravlik avtoko‘targich” ISUZU NPR 75 l-K Komfort rusumli maxsus mashina (avtovishka) kalitinini tuman hokimi tantanali ravishda masʼullarga topshirdi.

Shuningdek, maxsus texnikalarning umumiy holati, xodimlarning ish faoliyati davomida xavfsizlik va tozalik qoidalariga rioya qilishlarini ko‘zdan kechirdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM