OBOD MAHALLALAR – YURTIMIZ KO‘RKI

Tumanimizda mahallarni obodonlashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilyapti. Obod mahalla esa, sarishta ko‘cha va ozoda xonadondan boshlanadi. Hukumatimizning ushbu oyda bu masalaga alohida eʼtibor qaratayotgani ­ham bejiz emas. Zero, obod mahallalar hamda obod ko‘chalar, ozod va hur diyorimizning ko‘rkidir.

Bu gal, shanba ozodalik kuni munosabati bilan tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot masʼullari hamrohligida 2-sektordagi bir qator mahallalar ichki hududida aholining yashash tarzi, hududlarning obodligi, mahalla xodimlarining faoliyati, “Obod ko‘cha, obod xonadon va obod mahalla” dasturi asosida bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, aholi sharoitlarini yaxshilash, ularga qulaylik yaratish, yo‘llar atrofini tozalash, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qilingan ishlar o‘rganildi.

Shu bilan birga, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mahalla beshliklari va masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish xususida ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM