QABRISTONLARNI TOZALASH SAVOBLI ISH

Tumanimiz bo‘ylab hududlarda ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan maskan – qabristonlarni tozalash, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridan tashqari, mahalliy aholi qabristonlarga chiqib, ota-bobolari, yaqinlari qabrlarini tozalab, tartibga keltirishyapti.

Shu kabi, Turon mahallasi hududidagi qabriston atrofi aholi ko‘magida devor bilan o‘rab olinmoqda.

Aziz tumandoshlar! Siz ham bunday xayrli ishda faol ishtirok eting! Qilingan har bir xayrli amal ulkan savobga sabab bo‘ladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM