JANUBIY KOREYALIK INVESTORLAR NARPAYDA STEVIYA YETISHTIRISHMOQCHI

Avval xabar qilganimizdek, Janubiy Korea davlatining qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi o‘rinlarida turuvchi GEOSAN kompaniyasi taʼsischisi va vakillari shifobaxsh steviya o‘simligini yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish maqsadida tumanimizga tashrif buyurishgandi.

Bugun ham ushbu kompaniya vakillari tumanimizda bo‘lib, tuman hokimi hamda tegishli masʼullar bilan yuqoridagi loyiha yuzasidan muzokara olib borishdi.

Muzokara davomida dastlab, 100 gektar yer maydoni uchun 2 million dollar investitsiya kiritilishiga kelishib olindi. So‘ngra, 500 gektar maydon ham bosqichma-bosqich o‘zlashtirilib, unga ham qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Eng muhimi, steviya o‘simligi boshqa qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan ko‘ra, har bir gektar yer maydoni uchun 30 tagacha real ish o‘rni yaratishi bilan ahamiyatli bo‘lib turibdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM