Narpay tumani 1-sektor hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar to‘g‘risida, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Raxmanov Sherzod Shuhratovichning hisoboti!

Assalomu alaykum,

Hurmatli mahalla masʼullari va yig‘ilish ishtirokchilari!

Xabaringiz bor, yaqinda hurmatli Prezidentimiz Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida amalga oshirilayotgan islohotlarning viloyatimizdagi natijadorligi bilan yaqindan tanishib, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdilar.

Ushbu yig‘ilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, biz, sektor rahbarlari ham o‘z oldimizda turgan kelgusi vazifalarini respublikadan biriktirilgan vakillar bilan birgalikda yana bir bor belgilab, aniqlik kiritib oldik.

Bugun men sizlarga ushbu vazifa hamda rejalarimiz to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tmoqchiman.

Sababi, oldimizga qo‘ygan marralarni zabt etishda sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, bir yoqadan bosh chiqarib, barchamiz hamjihatlikda harakat qilishimiz lozim bo‘ladi.

Men rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududida 18 ta mahallalar mavjud bo‘lib, 13,4 ming ta xonadonlarda 76,4 ming aholi istiqomat qilib kelmoqda.

Shundan sektor hududida mehnat resurslari 43,8 ming nafarni, iqtisodiy faol aholi qariyb 39,3 ming nafarni tashkil etadi.

Ulardan 35,8 ming nafari (90 foiz) ish bilan band bo‘lib, joriy yil boshida sektor hududida ishsizlar soni 3,5 ming nafar bo‘lib, ishsizlik darajasi 9 foizni tashkil etgan.

Shu bilan birga 1-sektor hududida joylashgan Yangiariq mahallasida ishsizlar soni 178 nafarni tashkil qilib, ishsizlik darajasi sektor hududidagi eng yuqori mahalla hisoblanadi.

Kelgusida ushbu mahallada investitsiya dasturlarini, mikroloyihalarini, dehqonchilikni rivojlantirish hamda ishsiz fuqarolarni o‘z-o‘zini band qilish orqali ishsizlik darajasi 6 foizga tushurish rejalashtirildi.

Yurtboshimizning Farg‘ona, Toshkent va Buxoro viloyatlarida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, aholimizning bandligini taʼminlash yuzasidan asosiy maqsadlarimizni belgilab oldik.

Misol uchun 2023 yilda davomida bandlik dasturi orqali jami sektor hududida 6,1 ming nafar fuqarolarni doimiy va mavsumiy bandligini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Imkoniyat va dastaklardan foydalanib, joriy yilning 7 oy davomida 5,5 ming nafar fuqarolar mavsumiy va doimiy band qilishga erishildi.

Shundan doimiy ish o‘rinlar soni 2,9 ming, mavsumiy band bo‘lganlar soni 2,6 ming nafar tashkil qiladi. (yillik rejaga nisbatan 92 foiz)

Jumladan:

Xizmat ko‘rsatish, qurilish va tadbirkorlik yo‘nalishida 2,1 ming nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 3,2 ming nafar hamda investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 204 nafar fuqarolar ushbu yo‘nalishga jalb qilindi.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, bugungi kundadagi yana bir dolzarb masalaga to‘xtalib o‘tsam!

Bugungi kunda 1-sektor hududidagi 3,2 ming nafari aholimiz xorij mamlakatlarida mehnat qilib kelmoqda.

Misol uchun Birinchi sektori hududida aholisi chetga ishlash uchun ketgan mahallalarni tahlil qilganimizda Mustaqillik mahallasidan xorijga chiqib ketgan 199 nafar fuqarolarning 158 nafari yoki 79 foiz mahallaning Oytamg‘ali qishlog‘idan ekanligi maʼlum bo‘ldi. To‘rt kun oldin shu qishloqda chetga ketganlar oilasi bilan uchrashib, video aloqa orqali Rossiya Federatsiyasida Rostov viloyatida qog‘oz sexda ishlayotgan 35 nafar qishloqdoshlar bilan(Soliyev Baxtiyor, Isayev Nurali, Saʼdinov Azizlar) bilan gaplashdim. Ular shu kunlarda uylariga o‘zlarining harajatlaridan ortib 4 mln so‘m atrofida mablag‘ yuborayotgan ekan.

Ularga qishloqdagi uylariga yaqin 3 km masofada Xitoyliklarning investitsiyasi bilan ishga tushirilayotgan yog‘ochni qayta ishlash sexi birinchi bosqichda oyiga 3 mlndan 6 mln so‘mgacha oylik evaziga 100 nafar ishchi qabul qilayotganini, bundan tashqari hokim yordamchisi orqali 1,2 mlrd.so‘m kredit yoki shu massivda 30 sotixdan jami 42 gektar yer berilayotganini tushuntirdim. Natijada 20 ga yaqin qishloqdoshlar kuz faslidayoq vatanga qaytishini bildirdi.

Yaratilayotgan ish o‘rinlari vA imkoniyatlardan kelib chiqib, xorijda yurgan fuqarolarimizni shu yil yakuniga qadar 650 nafari o‘z oilasi bag‘riga qaytarish imkoni mavjud.

Xorijdan qaytgan fuqarolarni daromadli mehnat bilan taʼminlash uchun imkoniyatlarimiz yetarli.

Misol uchun 2023-2024 yillarda sektor hududida qiymati 264 mln. dollarlik 87 ta loyihalarda ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2023 yilda qiymati 21,2 mln. dollarlik 70 ta loyihalar amalga oshirish natijasida 1803 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

Jumladan yo‘nalishlar kesimida

Sanoat - 6,2 mln. dollarlik 22 ta loyihalar

Xizmat ko‘rsatish - 11,7 mln. dollarlik 39 ta loyihalar

Qishloq xo‘jaligida - 3,3 mln. dollarlik 9 ta loyihalar

Bugungi kunda qiymati 2,4 mln. dollarlik 34 ta loyihalar amalga oshirilib, 660 ta yangi doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun Sarbozor mahallada joylashgan “Narpay shifo nur farm" XK tomonidan qiymati 2,5 mln dollarlik Savdo kompleksi tashkil etish loyihasi ishga tushirildi. Natijada yiliga 4,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilib, 25 ta ish o‘rni yaratildi.

Hisob kitobimga ko‘ra, yil yakuniga qadar yana 3,1 ming ta(shundan qolgan 1,3 ming ishsiz, qaytishi kutilayotgan migrantlar 650 nafar, 1,2 ming mehnat bozoriga kirib keluvchilar) ishsizlarni bandligini taʼminlash va qariyb 2,5 ming fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish vazifasi turibdi.

Imkoniyatlardan kelib chiqib, joriy yil yakuniga qadar 3,4 ming ta ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilib olganmiz.

Jumladan:

-Yil yakuniga qadar qiymati 19 mln dollarlik 36 ta loyihalar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilib, natijasida 1143 ta ish o‘rni yaratiladi;

Misol uchun, (1-sektor tashabbusi bilan) "ZHONGGUO HUAXU VOOD INDUSTRY" xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 6,5 mln. dollarlik faner hamda OSB loyihasi ishga tushirilib 80 ta ish o‘rinlari yaratiladi.

-“20 ming tadbirkor vA 500 malakali mutaxassis” dasturi doirasida 2 ta tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berilishi hisobiga 102 nafar ishsizlar ishga joylashtiriladi;

Misol uchun, “Diyorjon Davronjon servis” korxonasi tomonidan qiymati 2,0 mlrd.so‘mlik “Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, Amaliy monomarkaz vA Avtetexxizmat tashkil qilish” loyihasini tashkil qilish hisobidan 51 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

-Tuman hududidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lida hokim yordamchilari tashabbusi bilan 10 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish imkoniyati mavjud.

Bu loyihalar amalga oshirish hisobiga 60 dan ortiq aholini daromadli mehnat bilan band qilish rejalashtirildi;

-Dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan 331 ta aholiga 98 gektar ekin yer maydonlari ijara asosida ajratib beriladi va bandligi taʼminlanadi;

-14 ta baliqchilik fermer xo‘jaliklarining 56 gektar baliq havzalari mavjud bo‘lib, o‘rtacha hosildorligi gektariga 27 tonnani tashkil etmoqda. Mazkur ko‘llarni intensiv usulga o‘tkazish, bog‘dorchilikni, sabzavotchilikni rivojlantirish hisobiga yangi 180 ta ish o‘rinlari yaratish imkoniyatimiz bor;

Misol uchun, “Mirbozor delfini” fermer xo‘jaligida 4 gektar hovuzidan 15 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, mavjud hovuzni yarim intensivdan intensivga o‘tkazilishi natijasida hosildorlik gektariga 15 tonnadan 20 tonnaga yetkaziladi.

-Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga 610 nafar aholi ish bilan taʼminlanadi;

Misol uchun, “Sarbozor” mahallasida “Narpay teks” MCHJ tomonidan qiymati 24 mlrd so‘mlik “Tekstil vA to‘qimachilik sanoati tashkil qilish” loyihasi doirasida 500 ta ish o‘rni yaratiladi.

-Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10,6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratish hisobiga 860 nafardan ortiq aholingning bandligi taʼminlanadi;

Misol uchun, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro Sharopova Maqsuda YATT tashkil qilib 20,0 mln.so‘m kredit vA 40,0 mln.so‘m o‘z mablag‘i hisobidan tikuvchilik sexi ishga tushirildi natijada 8 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

-Aholini tadbirkorlik, hunarmandchilik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish uchun subsidiya va hunarmandchilik asosida 430 mln. so‘mlik mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib, 87 nafar fuqarolar band qilishga erishiladi.

Shuningdek, tumanda mahallalarining “drayver” sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun Dedan mahallasi cabzi yetishtirish bo‘yicha tumanda ilg‘or o‘rinlarda turadi.

Dedan mahallasida 741 ta xonadonlarning 95 foizi sabzi yetishtirish faoliyati bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanib kelmoqda.

Bundan tashqari Prezidentimizning 20-373-sonli qarorlariga asosida 145 nafar fuqarolar 20 sotixdan yer maydonlari olib, "Bir kontur bir mahsulot" tamoyili asosida sabzi yetishtirib kelmoqda.

 Dehqon xo‘jaliklari orqali xar bir fuqaro yiliga o‘rtacha 35-70 mln.so‘mgacha daromad olib kelishmoqda.

Hurmatli mahalla faollari!

Yurtboshimizning yaratib bergan imkoniyatlardan foydalanib, o‘tgan 7 yilda sektor hududida sanoat korxonalari soni 2 barobar, xizmat va savdo korxonalari soni 2,5 barobar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 14 barobarga oshirishga erishildi.

Shu bilan birga Umid mahallasida bugunga qadar birorta ham sanoat korxonasi bo‘lmagan, kelgusida hokim yordamchi va tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda ushbu mahallada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga quyiladi.

Misol uchun Olti-o‘g‘il otin zamin korxonasi tomonidan tikuvchilik fabrikasi tashkil etish loyihasi amalga oshirish rejalashtirilib, natijada 20 nafar fuqarolar bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, 11,7 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga 7 ta maktab rekonstruksiya qilindi, 18 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlandi, 7 kilometr xalqaro va 76 kilometr ichki yo‘llar taʼmirlandi.

Hurmatli deputatlar va sessiya ishtirokchilari!

Yana bir muhim masalaga to‘xtalib o‘tsam

Tumanning barcha imkoniyat va zaxiralarni tahlil qilib, belgilab olingan investitsiya rejamizni qayta ko‘rib chiqdik va umumiy qiymati 100,1 mln dollarlik 7 ta loyihani shakllantirdik (Ushbu raqamlar tumanning umumiy maʼlumotlari, sababi xorijiy investorlarni tumanning umumiy salohiyatidan foydalangan holda jalb etish mumkin).

Bugungi kunda tumanda dastlabki geologiya qidiruv natijalariga ko‘ra zaxirasi 10 tonna bo‘lgan oltin koni zaxirasi, 7,9 mln metr kub g‘isht va kafel, 274 mln tonna sement xomashyosi, 37,5 mln tonna keramzit xomashyosi zaxiralari mavjud. Ushbu zaxiralardan oqilona foydalangan holda yirik xorijiy kompaniyalarni tumanimizga jalb qilish hisobiga 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkoniyatimiz mavjud.

 

Misol uchun: "Grand asian copper industry" MCHJ korxonasi tomonidan  Xitoyning “Sichuan Road and Bridge Group” Co.LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib olish loyihasida 12 mln dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Xitoylik investorlar tomonidan "ZHONGGUO HUAXU WOOD INDUSTRY" xorijiy korxonasi tashkil etilib qiymati 6,3 mln dollarlik qurilish sanoatida keng foydalaniladigan faner, OSB hamda mebel uchun akril ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Bundan tashqari sektor hududida joriy yilda 11,5 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib 2022 yilga nisbatan 107 foizga o‘sishga erishamiz.

O‘tgan 8 oy uchun 9,1 mln dollarlik eksport amalga oshirilb yanvar-avgust rejasi 133 foizga bajarildi.

Shuningdek, oldingi yillar davomida eksport faoliyati bilan shug‘ullanmagan 3 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi.

Hurmatli mahalla raislari vA masʼullar!

Aholimizni qiynab kelgan muammolarini barchamizning sayi harakatimiz bilan bosqichma-bosqich bartaraf etib kelinmoqdamiz.

Misol uchun markazlashgan ichimlik suvi bormagan Umid va Olti-o‘g‘il mahallalaridagi 8 ming nafardan ortiq fuqarolarimiz tashib yetkazish orqali ichimlik suvi bilan taʼminlanib kelmoqda.

Ushbu muammolarni kelgusi yillarda dasturlar orqali bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Joriy yilda dasturlari ijrosi hamda fuqarolarimiz tashabbusi bilan 22 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilishiga erishildi va joriy yil yakunida ichimlik suv bilan taʼminlanganlik qamrov darajasini 60 foizga oshirishga erishiladi.

Shuningdek, tumanimiz aholisiga qulaylik yaratib berish maqsadida 18 km yo‘llar asfalt, 17 km loy ko‘chalar shag‘allashtirildi va yil yakuniga qadar 9 km yo‘llarni asfalt qilish, 18 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, 310 ta yangi gaz ballonga ehtiyoji mavjud fuqarolarga gaz ballonlari yetkazib berish rejalashtirildi.

Bundan tashqari sektor hududida yil yakuniga qadar 11 ta obyektlarda 32,6 mlrd. so‘mlik qurilish taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilib, Mustaqillik bayrami arafasida sektor hududidagi qiymati 28 mlrd.so‘mlik 9 ta obyektlar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabida “AMIRBEK MONTAJ QURILISH” MCHJ tomonidan qurilayotgan, qo‘shimcha 180 o‘rinli o‘quv binosini qurilish ishlari yakunlandi.

Yana bir masalaga to‘xtalib o‘tsam tumanda elektr energiyasi isteʼmolchilari 44 ming ta, shundan 42 ming ta aholi xonadonlari, 1,6 ming ta ulgurji, 60 ta byudjet va 370 ta ijtimoiy soha obyektlari hisoblanadi.

2022 yilda 476 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, 41 mln kVt.soat defitsit kuzatildi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sektor hududida 10 ta yangi transformator o‘rnatildi, 26 km yangi tarmoqlar tortildi, 170 ta yangi stolbalar o‘rnatildi, 54 ta transformator joriy taʼmirlanib, 86 km tarmoq liniyasi taʼmirlanadi.

Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 5 ta yangi transformator o‘rnatish, 18 km yangi tarmoqlar tortish, 210 ta yangi stolbalar o‘rnatish, 8 ta transformator joriy taʼmirlash hamda 17 km tarmoq liniyasi joriy taʼmirlanadi.

Bundan tashqari joriy yilda defitsitni kamaytirish maqsadida 2,2 kVt bo‘lgan quyosh panellari hamda 4,2 ming litr hajmli geliokollektorlar o‘rnatilishi maqsad qilib olingan.

Natijada yil yakuniga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish hisobiga 4 mln kVt.soatga defitsit qoplanishiga erishiladi.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

2023 yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinganligi barchamizga maʼlum.

Tumanimizda taʼlim sohasida va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholimizni qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Jumladan sektor hududidagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan farzandlarimizni maktabgacha taʼlim qamrov darajasini yil yakuniga qadar 79 foizga yetkaziladi.

Misol uchun Iymon mahallasida shu vaqtga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas edi. Obod qishloq dasturi asosida 60 o‘rinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yo‘lga quyildi.

Shu bilan birga aytib o‘tishim joizki, maktablardagi o‘qituvchilarning malaka toifasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida farzandlarimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha viloyatda yuqori 3-o‘rinni egallashdi.

Misol uchun 2021 yil 154 nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilda 356 nafari talaba bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lishdi. Birgina tumanimizdagi 17-maktabning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi.

Lekin 30-maktab, 43-maktab, 44-maktab hamda 54-maktablarda 30 foizdan kam ko‘rsatkichlar qayd etildi. Kelgusida ushbu maktablarga malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda taʼlim sifat darajasini oshirish uchun tizimli ishlar belgilab olindi.

Shuningdek, aholimizning salomatligini saqlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2022-2023 yillarda tumanda sil, nafas yo‘llari va ovqat hazm qilish kasalliklari 2022 yilga nisbatan 20 foiz kamayishiga erishildi.

Biroq, tahlillarga tayanib Do‘stlik mahallasi fuqarolarining salomatlik darajasi qoniqarli darajada emasligi aniqlandi. Ushbu mahallada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, aholining salomatlik darajasi oshiriladi.

Shuningdek, respublikamizda tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialining tashabbusi bilan “Eng namunali tez tibbiy yordam stansiyasi” nominatsiyasida tumanimiz tibbiyot xodimlari ko‘rik tanlovning faxrli 1-o‘rinini egalladi.

Bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4422 nafari fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qaroriga asosan 2,1 mlrd.so‘mlik moddiy yordam pullari to‘lab kelinmoqda.

Yoshlar daftariga kiritilgan 480nafar yoshlarga 678 mly.so‘mlik, Ayollar daftaridagi922nafar xotin-qizlarga 554 mln.so‘mlik hamda

Temir daftarga kiritilgan 124 nafar oilalarga 646 mly.so‘mlik barcha turdagi yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga Do‘stlik hamda O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy daftarga kiritilgan fuqarolar soni yuqori bo‘lib, hozirga qadar 40 foiziga yordam ko‘rsatilgan vA yil yakuniga qadar bo‘ ko‘rsatkichni 85 foizga chiqarish rejalashtirildi.

Yana bir dolzarb masalaga tuxtalib o‘tsam, tumanda joriy yilning 7 oy davomida umumiy jinoyatchilik 197 ta (2022 y 152 ta) sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 45 ta yoki 30 foizga oshgan.

Lekin, jinoyatchilikni “Mahallabay” jilovlash, "jinoyat o‘choqlari”ni bartaraf etish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyillari asosida ishlarni tashkil qilish natijasida joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, avtomobilni olib qochish, mulkni nobud qilish va odamlarni yollash kabi o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Bundan tashqari mahalla hududlarida olib borilgan profilaktik tadbirlari o‘tkazishi natijasida, 26 nafar qidiruvdagi shaxslarning 8 nafari ushlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari umuman olganda yil yakuniga qadar:

Sanoat mahsulotlari hajmi 840 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 106 foiz);

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2192 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 105 foiz);

Xizmatlar hajmi 898 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 111 foiz);

Qurilish va pudrad ishlari hajmi 274 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 104foiz)ga oshirilib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 3,4 mln. so‘m, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 9,9 mln. so‘m xizmatlar 3,7 mln. so‘m hamda qurilish va pudrad ishlari hajmi 1,2 mln. so‘m yetkazish rejalashtirilgan.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM