Narpay tumani 2-sektor aholisiga hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan MUROJAAT

Assalomu alaykum, Hurmatli mahalladoshlar!

 

Muhtaram Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi hamda tashrif davomida sektor rahbarlariga bergan topshiriqlariga asosan tumanning 2-sektorida amalga oshirilgan hamda oshiralyotgan ishlarimiz to‘g‘risida qisqacha axborot berib o‘tmoqchiman.

Tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi PQ-4102-sonli Qarorida belgilangan vazifalar hamda sohaga oid boshqa qarorlar ijrosi taʼminlanib, bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Narpay tumani 2-sektorida jami 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 9124 ta oilada 43.662 nafar aholi istiqomat qiladi.

Men rahbarlik qilayotgan 2-sektor shtabi aʼzolariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha vazifalar aniq taqsimlab berilgan bo‘lib, ularning faoliyati doimiy ravishda nazorat qilinib, muvofiqlashtirib borilmoqda. 

Sektor hududida ijtimoiy obyektlardan 15 ta maktab, 30 ta maktabgacha taʼlim muassasalari (25 tasi oilaviy) hamda 5 ta sog‘liqni saqlash muassasalari mavjud.

Hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Tekstil va to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmoqlarini ishlab chiqarish “drayver” bo‘lib xizmat qiladi.

Joriy yilda 2-sektor hududida 35 ta sanoat korxonalari tomonidan 75,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishi va o‘tgan yilga nisbatan 102,8 foiz (2022 yilda 73,7 mlrd so‘m) o‘sishni tashkil etishi belgilangan.

Shundan:

O‘tgan olti oylik yakunlari bo‘yicha ushbu korxonalar tomonidan 73,7 mlrd so‘mliksanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bunda, qo‘shimcha 2,7 mlrd so‘m sanoat ishlab chiqarish imkoniyati mavjud, shundan, 2ta korxonalarning mavjud quvvatini yana-da oshirish va 8 tayangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga 3,2 mlrd so‘m mahsulot ishlab 

chiqarishga erishiladi.

Yil yakunigacha sanoat yo‘nalishida 4 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha 2,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Barcha ishga tushgan loyihalar doirasida esa 75,8 mlrd so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi.

2. Transport vA yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish sohasida.

Sektor hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari 11 km.ni, ichki yo‘llar uzunligi 210,6 km.ni, jami mavjud yo‘llar 221,6 kmni tashkil etadi.

2 sektor hududida 18 ta temir beton ko‘priklar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarda, 6 tasi davlat ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda. Ularni saqlash, bosqichma-bosqich taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda 2-sektor bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-son qaroriga muvofiq joriy taʼmirlash asosida 7,3 km yo‘llar asfaltbeton qoplamali yo‘llarga o‘tkazilib taʼmirlandi.

Shuningdek, 10,7 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi.

3. Ichimlik suvi infratuzilmasini rivojlantirish sohasida.

Joriy yilda 2-sektor bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408-son qaroriga muvofiq 1 ta mahallalarda 1 ta yangi ichimlik suvi inshooti vA 3.2 km suv tarmog‘i yangidan tortildi.

“Ochiq byudjet” dasturiga muvofiq Haqiqat mahallasida 4.3 km yangi ichimlik tarmog‘i tortildi, 3 ta suv inshooti rekonstruksiya qilindi, jami 6.1 km suv tarmog‘i yangidan tortildi.

4. Xizmat ko‘rsatish, servis, kichik biznes vA xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida.

Joriy yilda sanoatni rivojlantirish, servis, xizmat ko‘rsatish sohalari vA qishloq xo‘jalik sohalarini rivojlantirish uchun 767,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 194 ta loyiha amalga oshirish hisobiga, 2932 nafar fuqaroni bandligini taʼminlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar 307 ta ishsiz fuqarolarga 6,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar 655 nafar ishsiz fuqarolarga 4,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

5. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, shu jumladan, xotin-

qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash va aholi daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida.

2-sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sektor shtabi aʼzolari, tegishli korxona va tashkilotlar hamda hokim yordamchisining o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. 

2023-yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 384 nafar oila aʼzosi bo‘lgan 104 ta ehtiyojmand oila “Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan.

“Temir daftar”da ro‘yxatga olingan oilalarga “Hayit bayrami” munosabati bilan 16 turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari hamda “Saxovat vA ko‘mak” jamg‘armasi hamda homiylik hisoblaridan 220 kg bug‘doy va 105 kg un mahsulotlari ajratilishi taʼminlandi.   

Sektor hudududagi yoshlarning bandligini taʼminlash va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, 2023 yil 1 iyul holatida jami 232 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olinib, hozirgi kunga qadar 213 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan yoki mavjud muammolarini hal qilish orqali ro‘yxatdan chiqarilgan.

Jumladan, 14 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob uskunalar olib berildi, 36 nafar yoshlarga to‘lov kontrakt pullari, 19 nafar yoshlarga harbiy safarbarlik chaqiruv badal to‘lovlari to‘lab berildi, 78 nafar yoshlarga 30 sotixdan takroriy ekinga yer ajratildi, 134 nafar yoshlar  ishga joylashtirildi, 1 nafar ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yo‘nalishlarida o‘qish xarajatlari qoplandi  hamda 9 nafar yoshlarga boshqa yordam turlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, 2-sektor shtabida “qizil toifa”ga kiruvchi 100 nafar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni muammolari o‘rganilib, ehtiyojidan kelib chiqib bir qator yordamlar ko‘rsatildi.

Narpay tuman 2-sektorda belgilangan tartib asosida 6 ta toifa doirasidagi ayollar ajratib olinib jami 1123 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ro‘yxatga olingan ayollar sohalar kesimida tahlil qilinganda 1-toifa ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 414 nafar, 2-toifa tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar 72 nafar, 3-toifa boquvchisi 

bo‘lmagan ehtiyojmand ayollar 243 nafar, 4-toifa ijtimoiy yordamga muhtoj 1 vA 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 228 nafar, 5-toifa uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin qizlar 5 nafar va 6-toifa qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ehtiyojmand ayollar 161 nafarni tashkil qiladi.

Hozirgi kunga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1123 nafar xotin-qizlarning 959 nafari yoki 86 foizining bandligi taʼminlangan yoki mavjud muammolari hal qilingan. Boquvchini yo‘qotgan yoki nogironligi bo‘lgan jami 195 nafar ayollarga bir martalik moddiy yordam pullari to‘lab berish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 653 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan 7 nafar xotin-qizlarning uy joyi taʼmirlab berilishi bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.

 

6. Hududni jadal rivojlantirishda investitsiyalarni faol jalb qilish vA yirik loyihalarni amalga oshirish borasida.

Joriy yilda 2-sektor hududida “Investitsiya dasturi” doirasida umumiy qiymati 4,4 mln dollarlik 28 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida dastur doirasida jami 2,1 mln dollar o‘zlashtirilib, 16 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 143 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yil yakuniga qadar jami 3,0 mln dollarlik 13 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar orqali 140 ta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi.

7. Hududiy eksportni oshirish masalalarida.

Joriy yilda sektor hududida 5,5 mln dollarlik eksport amalga oshirilishi vA o‘tgan yilga nisbatan 101,2 foiz o‘sish taʼminlanishi belgilangan.

Yanvar-iyun oylariga 3,2 mln dollarlik eksport amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, 1 iyul holatiga 1,1 mln dollar, shundan 1,1 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari tashkil etmoqda.

2023 yil yakuni qadar yana umumiy qiymati 4,4 mln dollarlik sanoat hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshiriladi.

8. Energiya samaradorligini oshirishda qayta tiklanuvchi hamda muqobil energiya resurslaridan 

foydalanishni kengaytirish borasida.

Hududda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarda, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 164 dona tayanch ustunlar, 7.5 km elektr uzatish tarmoqlari, 2 sektor MFYlariga 8 dona yangi transformator o‘rnatildi hamda 14 ta transformator mukammal taʼmirlandi.

9. Ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha taʼlim, maktab, sog‘liqni saqlash va boshqalar) bo‘yicha.

Bugungi kunda 2-sektor hududida 3-7 yoshdagi maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar soni 3180 nafarni tashkil etib, hozirda 5 ta Davlat maktabgacha taʼlim, 25 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2201 nafar (69,2 foiz) bolalar qamrab olingan.

Sektor hududidagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olishni kengaytirish hisobiga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrov ko‘rsatgichi 69,2 foizni tashkil etadi.

Sektor hududida 15 ta umumtaʼlim maktabi mavjud bo‘lib, maktablarda 7679 nafar o‘quvchi taʼlim tarbiya olmoqda.

Sektor hududidagi umumtaʼlim maktablarida alohida xonalar ajratilib, kerakli jihozlar bilan taʼminlanishi orqali o‘quvchilarga ikkita chet tili va kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

10. Mahallalarda ishlarni yangi bosqichga olib chiqish borasida.

Soliq tizimini mahalla darajasigacha tushirish, Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar ishlab chiqilmoqda.

11. Hududda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni “Mahallabay” jilovlash, “jinoyat o‘choqlari”ni bartaraf etish, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda ijtimoiy profilaktika ishlarini “Obod vA xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tamoyillari asosida tashkillashtirilmoqda. 

2-sektor hududida joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida jami 33 ta (2022 y.da 12 ta) jinoyatlar qayd etildi.

Jinoyatchilikni “Mahallabay” jilovlash asosida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida, mahallarimizda, yaʼni 63,6 foiz (11 tadan 7 ta) mahallalarda bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida sodir etilgan jinoyatlarning 100,0 foizi yoki 33 tasi (12 ta) fosh etildi.

– 2 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib jazo muqarrarligi taʼminlandi.

– Jinoyatchilardan 8 ta holat aniqlandi.

–            170 ta oilaviy nizolar bartaraf etilib, 11 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Bundan tashqari, turli jinoyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etgan 796 nafar fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi va jinoyatlarning oldi olindi.

– 19 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va 2 nafar ruhiy kasallar davolanish muassasalariga joylashtirildi.

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan 2 nafar fuqarolarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish maqsadida ularga tarbiyachi-murabbiylar biriktirib, ularni bandligini taʼminlash choralarini ko‘rilmoqda.

Sektor hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish borasida barcha imkoniyatlarni ishga solib, mahalliy boshqaruv, davlat, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda ijobiy natijalarga erishamiz.

So‘zim yakunida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishda keng jamoatchilik va Sizlarga tayanishimni alohida taʼkidlab o‘tmoqchiman.

 

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM