XORIJDAGI TUMANDOSHLARIMIZ BILAN ONLAYN SUHBAT

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishidagi bergan topshirig‘iga asosan tuman hokimi Mustaqillik mahallasidagi mehnat migrantlarining oila aʼzolari bilan shaxsan uchrashib, ularning holidan xabar olganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun Telegram orqali chet davlatda bo‘lgan tumandoshlarimiz bilan suhbat o‘tkazildi.

Tuman hokimi bilan suhbatda 50 ga yaqin Narpaylik xorijda ishlayotgan migrant fuqarolar ishtirok etdilar.

Har bir ishtirokchidan avvalo, ularning yashash sharoiti, qanday mehnat turi bilan shug‘ullanayotgani, muammolari haqida so‘rab surishtirildi.

Muloqot chog‘ida qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoki ish topolmayotgan fuqarolarimizning uyga qaytishiga ko‘maklash va ish o‘rinlariga joylashtirish, shu kabi ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surildi.

Video suhbat davomida fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM