PROFILAKTIK SUHBAT

2008-yilda tug‘ilgan fuqaro, qarindoshining Matiz rusumli avtomashinasida Umid mahallasida yashovchi, voyaga yetmagan piyodani urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etadi. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaga joylashtirilgan.

Navro‘z mahallasi hududidan o‘tgan Buxoro-Samarqand M-37 avtomobil yo‘lida, Xatirchi tuman “Novja” mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan tumanimizning “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Minsk” rusumli mototsiklni orqa tomonidan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan. Natijada ushbu mototsiklni yo‘lovchisi tan jarohati bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Navro‘z va Umid mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masalalar muhokama etildi.

Tuman hokimining o‘rinbosari hamda tegishli tashkilot masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, voyaga yetmagan yoshlar tarbiyasiga nisbatan loqayd bo‘lmaslik, yo‘llarda harakatlanish davomidagi kichik eʼtiborsizlikning oqibatlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM