"NARPAY TEKS" 400 KISHINI ISH BILAN TAʼMINLAYDI

Sarbozor mahallasida joriy yilning oktyabr oyida "Narpay Teks" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 400 kishilik yangi tikuv fabrikasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Tumanimizdagi 2-son kasb-hunar maktabida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, “Doka-teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati masʼullari bilan birgalikda, tumandagi ishsiz ayollarning bandligini taʼminlash maqsadida, seminar o‘tkazishdi.

Seminar davomida fuqarolarga, korxona faoliyati, ish o‘rgatilish tartibi va oylik maoshlar xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘z ishining mutaxassisi bo‘lganidan so‘ng, har bir ishchi tumanimizda ishga tushishi rejalashtirilayotgan "Narpay Teks" masʼuliyati cheklangan jamiyatida master lavozimida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligi taʼkidlandi.

Ishga qiziqish bildirgan xotin-qizlar korxona rahbarlari bilan suhbat qilishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM