XALQ RIZQIGA XIYONAT QILMANG

Elektr, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, ichimlik suvini hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Tumanimizda bu borada, tegishli tashkilot masʼullari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Salovat, Guliston ва Mustaqillik mahallalarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlangan.

Shuningdek, Nog‘oraxona, Navro‘z, Charxin hamda Tortuvli mahallalarida ham  vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari qayd etilgan.

Shu bilan birga, Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro o‘z yashash xonadoniga qonunga xilof ravishda, gaz tarmog‘ini ulab olganligi aniqlanib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli masʼullar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM