KENG KO‘LAMLI QURILISH ISHLARI ALOHIDA NAZORATDA

Tumanimiz bo‘ylab, Investitsiya dasturi doirasida ko‘plab bunyodkorlik davom etmoqda.

Misol uchun, "Amirbek montaj qurilish" MCHJ tomonidan Muqimiy mahallasidagi 9-son maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.

Ammo, 41-maktabgacha taʼlim tashkilotida bunyodkorlik ishlarida biroz sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Tuman hokimi prokuror, tuman hokimining o‘rinbosari va tegishli masʼullar hamrohligida ushbu qurilish maydonlarida bo‘lib, fursat g‘animatligi, shu bois ishlarni yana-da jadallashtirish yuzasidan so‘z yuritdi.

Shu kabi, Charxin mahallasi hududidan "Narpay Charxin chorva" MCHJ tomonidan zamonaviy xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish rejalashtirilgan. Bunyodkorlik ishlari oldidan tashabbuskor hamda masʼullar ishtirokida hududda muhokama o‘tkazildi.

Shuningdek, 4, 5, 60-umumtaʼlim maktablarida davlat xususiy sherikchilik asosida yangi tashkil etilgan tizim tomonidan isitish tizimida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonlarida qurilish ishlarini sifatli bajarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM