JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT

Tumanimizdagi bir qator umumtaʼlim maktablarida“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarda, Din ishlari bo‘yicha tuman bosh mutaxassisi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamda tuman IIB masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirdan maqsad, yoshlarni diniy aqidaparastlar taʼsiridan saqlash bo‘lib, unda yosh avlodni maʼnaviyatli, milliy qadriyatlarga sodiq, dunyo qarashi keng, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi maʼnaviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar uchun "Tinchlik qadri" deb nomlangan videorolik ham namoyish etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM