ELDA HASHAR - RAVON YO‘LLAR

Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki yo‘llar taʼmirlanib birma-bir ravon holga keltirilyapti. Bu kabi ezgu ishlarga, ko‘pgina mahallalarning faol fuqarolari o‘z hissalarini qo‘shib borayotir.

Yangiariq mahallasining ahil fuqarolari ham birlashib hashar tashkil qilishdi. Hashar doirasida, mahalla ichki yo‘lining 300 metrdan ortiq masofasi shag‘al bilani qoplandi.

Shuningdek, ushbu yo‘lni shag‘allashtirish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli transport vositalari beminnat xizmat ko‘rsatdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM