PIYODALAR YO‘LAKCHASI ILM MASKANIGA OLIB BORADI

Nog‘oraxona mahallasining ahil fuqarolari birlashib hashar tashkil qilishdi. Hashar doirasida, mazkur mahalla hududidagi 69-umumtaʼlim maktabiga olib boradigan yo‘lning, 200 metrdan ortiq masofasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi maqsad qilingan.

Endi bu yo‘lda maktab o‘quvchilari harakatlanishi ancha qulay va xavfsiz bo‘ladi.

Ayni paytda, qurilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, ushbu piyodalar yo‘lakchasining qurilish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham beminnat xizmat ko‘rsatyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM